Poputi.uz

Ilovamiz bilan qisqacha tanishing!

Ilovadan foydalanish yuzasidan ommaviy aferta

30 noyabr 2016 yil

1. Predmet

«Great Gate» mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyinchalik — «Poputi.uz») tomonidan ishlab chiqarilgan Poputi.uz internet platformasining asosiy vazifasi ma’lum yo‘nalishda qatnayotgan haydovchilarga ushbu yo‘nalishga bormoqchi bo‘lgan yo‘lovchilarni topishga yoki aksincha yo‘lovchilarga ular bormoqchi bo‘lgan manzil tomon harakatlanayotgan haydovchilarni topib berishga yordamlashishdan iborat.

Poputi.uz yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari ko‘rsatuvchi hamda taksomotor korxona hisoblanmaydi va aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatmaydi. «Poputi.uz» internet-ilova hisoblanib, ilovaning asosiy maqsadi foydalnuvchilarga qulaylik yaratishdan iborat.

Siz ushbu internet platformasidan foydalanish davomida, Poputi.uz servisi foylanuvchi taraflarning hech birining manfaatini ko‘zlamasligi hamda ular o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shartnomaviy, nizoli munosabatlarga ishtirok etmasligini tushungan holda foydalayotganligingizni ma’lum qilamiz.

Poputi.uz. yuklamasiga Facebook, elektron pochtangiz orqali yoki boshqa usulda ro‘yxatdan o‘tishingizdan oldin mazkur yo‘riqnoma talablari bilan tanishib chiqishingiz shart. Agar Sizga ofertada ko‘rsatilgan shartlarga rozi bo‘lmasangiz va ularni inkor qilsangiz Poputi.uz internet platformasidan ro‘yxatdan o‘tmang va ilovani o‘z moslamangizdan zudlik bilan o‘chirib tashlang.

Agar siz mazkur yuklamaga ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 367-369-moddalari talablariga asosan mazkur ommaviy aferta talablariga rozi bo‘lganligingizni tasdiqlaysiz.

2. Tushunchalar

Mazkur afertada keltirilgan terminlar quyidagi ma’nolarni bildiradi:

«E’lon» — Safar yo‘nalishi, vaqti va transport vositasi haqida haydovchi tomonidan «Poputi.uz» ilovasiga kiritiladigan e’lon;

«Foydalanish qoidalari» — mazkur afertada ko‘rsatilgan shartlar;

«Akkaunt» — «Poputi.uz» servisidan foydalanish uchun ro‘yxatda o‘tish davomida to‘ldirilishi shart bo‘lgan foydanuvchining qayd etilgan profili;

«Haydovchi» — 18 yoshga to‘lgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan, beligilangan tartibda jihozlangan transport vositasi bilan ma’lum bir yo‘nalishga harakatlanishni taklif qiluvchi «Poputi.uz» internet-platformasidan foydaluvchi jismoniy shaxs;

«Foydaluvchi» — 18 yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli shaxs;

«Yo‘lovchi/hamroh» — Haydovchi tomonidan taklifni qabul qilgan foylanuvchi.

«Servis»— Poputi.uz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar;

3. Poputi.uz internet platformasidan ro‘yxatdan o‘tish va Akkaunt ochish tartibi

3.1 Poputi.uz internet platformasidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi

Poputi.uz internet platformasidan faqatgina 18 yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin. Voyaga yetmagan shaxslar tomonidan Poputi.uz.dan foydalanish ta’qiqlanadi. Mazkur platformadan ro‘yxatdan o‘tishdan oldin, Siz ushbu afertada ko‘rsatilgan shartlar bilan to‘liq tanishib chiqishingiz lozim. Ro‘yxatdan o‘tish davomida Siz Poputi.uz servisidan foydalangan holda bitimlar tuzishga muomilaga layoqatli ekanligingizni hamda ushbu bitimlarni tuzish vakolatiga (ruxsatnomaga) ega ekanligingizni tasdiqlaysiz hamda buni kafolatlaysiz.

3.2 Akkaunt ochish

Poputi.uz internet platformasi foydalanuvchilarga e’lonlar berish va ular bian tanishib chiqish imkoniyatini beradi. E’lonlarni ko‘rib chiqish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Biroq, e’lonlar berish va ma’lum e’lonlarga buyurtma berish uchun Akkaunt ochgan holda platforma foydalanuvchisi bo‘lish shart.

Akkaunt ochish uchun:

(i) Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerak bo‘ladigan barcha ma’lumotlarni kiritish;

(ii) yoki internet platformasiga Facebook, Odnoklassniki, (keyingi matnlarda— foydaluvchining ijtimoiy tarmoklardagi «Akkaunt»ti) orqali. Mazkur funksiyadan foylanish bilan Siz Poputi.uz.ning ushbu ijtimoiy dasturlardagi Akkauntingizdan foydalanishiga hamda uning platformasida ma’lumotlar e’lon qilish va saqlashga ruxsat berganligingizni tasdiqlaysiz.

Siz Poputi.uz internet platformasiga qaysi yo‘l bilan ro‘yxatdan o‘tishingizdan qatiy nazar, Siz tomondan berilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini kafolatlaysiz. Agar o‘zingiz haqidagi ma’lumotlar o‘zgargar taqdirda, Akkauntingizdagi ma’lumotlarni yangilab turishni ta’minlashingiz shart.

Siz o‘zingizni nomingizdan faqat bitta Akkaunt ochishingiz mumkin. Nomingizni o‘zgartirib yoki boshqa shaxslarning nomidan Akkaunt yaratmaysiz.

3.3 Verifikatsiya

Poputi.uz shaffoflikni ta’minlash, ishonchlilikni oshirish yoki firibgarlik holatlarni oldini olish maqsadida, foydaluvchilarning ayrimlarini verifikatsiya, ya’ni ular tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirishi mumkin. Jumladan, Siz tomonidan kiritilgan telefon raqamining haqqoniyligini ham tekshiradi.

Poputi.uz foydalanuvchilar tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning haqoqniyligini kafolatlamaydi, shuning uchun kiritilgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekanligi natijasida uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun ma’lumot kiritgan foydaluvchi javobgar hisoblanadi.

4. Servisdan foydalanish

4.1 E’lon kiritish

Siz mazkur internet platformasida foydalanuvchi sifatida amalga oshirmoqchi bo‘lgan safaringiz haqida e’lon yaratishingiz, ushbu e’londa safar kuni, vaqti, boshlanish va yakuniy manzillar haqida ma’lumotlar kiritishingiz mumkin.

Safar haqida e’lon berishdan oldin Siz quyidagilarni tasdiqlaysiz:

1) Sizning boshqaruvingizdagi transport vositasini boshqarish huquqiga ega ekanligingizni (transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaning mavjudligi);

2) Safarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan transport vositasi o‘zingizga tegishli ekanligi yoki tarnsport vositasini boshqarish huquqini beruvchi, transport vositasining mulkdori tomonidan berilgan ishonchnomaning mavjudligini;

3) Transport vositasini boshqarish davomida fuqrolik huquqiy javobgarligingizni sug‘urtalanganligini;

4) Tibbiy jihatdan Sizning transport vositasini boshqarishingizni ta’qiqlovchi holatlarning mavjud emasligini;

5) Boshqaruvingizdagi transport vositasi yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallanganligi hamda Siz tomondan taklif qilinayotgan o‘rindiqlar soni transport vositasining texnik hujjatlarida ko‘rsatilgan yo‘lovchilar sonidan oshmasligini;

6) Transport vositasidagi barcha o‘rindiqlar xavfsizlik kamari bilan ta’minlanganligi, unda birinchi yordam ko‘rsatish uchun aptechka, o‘t o‘chirish vositasi va boshqa qonunchilikda belgilangan jihozlarning mavjudligini;

7) Transport vositasining texnik ko‘rikdan o‘tganligini va safarni amalga oshirish uchun soz holatda ekanligini;

8) Siz tomondan taklif qilinayotgan safardan tijorat maqsadlaridan foydalanmaslikka, faqatgina safar davomida yuzaga keladigan transport xarajatlarini (yoqilg‘i xarajatlari) Sizga hamroh bo‘lgan foydaluvchilar bilan o‘zaro taqsimlash mumkinligini;

9) Agar Siz taklif qilayotgan safardan tijorat maqsadlarda foydalanmoqchi bo‘lsangiz, Sizda bu uchun vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan maxsus litsenziyaning mavjudligi (Vazirlar Mahkamasiing 14.07.2006 yildagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil ransportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra Tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak).

4.2. Safar qidirish

Siz Poputi.uz platformasi yordamida rejalashtirgan safaringizga mos safar taklif qilayotgan haydovchilarni qidirib topishingiz mumkin. Mazkur amal uchun quyidagi amallarni amalga oshirishingiz lozim:

1) Poputi.uz.dan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, «safarni qidirish» oynasidagi tugmani bosishingiz;

2) Safarni taklif qilayotgan haydovchidan uning boshqaruvidagi transport vositasini boshqarish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni (haydovchilik guvohnosati, transport vositasining texnik hujjatlari, transport vositasining mulkdori tomonidan berilgan ishonchnoma) talab qilish va haydovchi tomonidan ushbu hujjatlar taqdim qilinganidan so‘ng u bilan birga safarni amalga oshirishingiz;

3) Haydovchi e’lon qilgan safari tijorat maqsadida amalga oshiriyotganligi va safar xarajatlaridan (yoqilg‘iga safrlangan xarajatlar) ortiqcha haq talab qilsa, undan tijorat maqsadida yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi ruxsatnomani (litsenziya) talab qilishingiz, agar haydovchida mazkur faoliyatni amalga oshirishda ruxsatnoma mavjud bo‘lmasa, u bilan safarni amalga oshirmasligingiz;

4) Xavfsizlik ta’minlash maqsadida safarni boshlashdan oldin haydovchining ismi, uing boshqaruvidagi transport vositasining rusumi, rangi va davlat belgisi haqida yaqinlariga xabar berishingiz;

5) Shubxali tug‘ilgan e’lon beruvchi haydovchilar haqida zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga xabar berish;

4.3. Safarga buyurtma berish

Agar yo‘lovchi haydovchilar tomonidan berilgan safar haqidagi e’lonlarga qiziqish bildirilsa, dastlab bu haqda haydovchiga buyurtma yuborilishi lozim. Buyurtma berilganidan so‘ng, yo‘lovchiga haydovchisining telefon raqami taqdim qilinadi va buyurtma haqida haydovchiga ma’lum qilinadi. Shundan so‘ng, yo‘lovchi va haydovchilar o‘zaro bog‘lanib, safar shartlarini kelishib olishadi. Agar safar shartlari taraflarga to‘g‘ri kelsa, haydovchi buyurtmani qabul qilib, uni tasdiqlaydi.

Agar yo‘lovchi tomonidan yuborilgan buyurtma 1 (bir) soat davomida haydovchi tomonidan tasdiqlanmasa, buyurtma avtomatik tarzda bekor qilinadi.

Safar shartlari to‘g‘risida kelishuv haydovchi hamda yo‘lovchi o‘rtasida bo‘ladi va bu jarayonda Poputi.uz aralashmaydi. Shuning uchun safar davomida yuzaga kelishi mumkin nizoli holatlarga Poputi.uz hech qanday usulda javobgar hisoblanmaydi.

4.4 Safarga baho (izoh) berish

Poputi.uz safarni amalga oshirgandan so‘ng haydovchi va yo‘lovchilar to‘g‘risida izoh berishni qo‘llab quvatlaydi. Siz tomondan amalga oshirilgan safarda ishtirok etmagan haydovchilar to‘g‘risida fikr qoldirish ta’qiqlanadi. Siz tomondan qoldirilgan fikr ushbu qoidalarga zid bo‘lsa va tarkibida axloq normalarga zid, zo‘ravonlikka da’vat qiluvchi so‘zlar mavjud bo‘lsa, Poputi.uz Sizning safar to‘g‘risidagi fikr va izohingizni e’lon qilmaslik huquqiga ega.

4.5. Cheklov

Poputi.uz Sizga nisbatan foydalanuvchilar tomonidan past baho qo‘yilganligi va salbiy fikrlar qoldirilganligi sababli, Sizning Akkauntingizni to‘xtatib qo‘yishi mumkin.

5. Moliyaviy shartlar

Poputi.uz platformasiga kirish, ro‘yxatdan o‘tish, safar haqida e’lonlar berish yoki e’lonlarni ko‘rib chiqish vaqtinchalik bepul.

5.1 Safar xarajatlari

Safar xarajatlarini haydovchining o‘zi mustaqil belgilaydi. Haydovchi safar xarajatlarini safar davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan real xarajatlardan kelib chiqib belgilashi lozim. Agar haydovchi safar xarajatlari uchun yo‘lovchidan talab qilayotgan haq, real safar xarajatlaridan oshib ketsa hamda haydovchi bundan tijorat maqsadlarida foydalansa, buning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlarga shaxsan xaydovchining o‘zi javobgar hisoblanadi.

6. Poputi.uz platformasidan foydaluvchilar uchun umumiy shartlar

Poputi.uz.dan foydalanish davomida taraflar O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan qonun va qonunosti hujjatlariga to‘liq amal qilishlari shart. Aks holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlar uchun shaxsan o‘zlari javobgar hisoblanishadi.

Bundan tashqari, Poputi.uz.dan foydalanish davomida hamda safarni amalga oshirish davomida quyidagilarga amal qilishingiz lozim:

1) Poputi.uz (Akkauntni to‘ldirish davomida) internet platformasiga firibgarlik yoki boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab yolg‘on ma’lumotlarni yubormaslik;

2) Poputi.uz platformasiga birovning sha’nini ta’qirlovchi, axloq normalariga zid, pornografik xarakterga ega bo‘lgan, vulgar, agressiv, qo‘paruvchilik va zo‘ravonlikka da’vat qiluvchi, behayo so‘zlardan iborat bo‘lgan, irqchilikka da’vat qiluvchi uchinchi shaxslarning sha’niga dog‘ tushiruvchi ma’lumotlarni kiritmaslikka;

3) Poputi.uz.ning ushbu internet plapformasiga bo‘lgan mualliflik huquqini poymol qilmaslikka;

4) Poputi.uz. platformasida bittadan ortiq yoki uchinchi shaxslar nomidan Akkauntlarni ochmaslikka;

6.1 Haydovchining majburiyatlari

Haydovchilar quyidagilarga majbur:

1) O‘zbekiston Respublikasining barcha qonun va qonun osti hujjatlariga, Yo‘l harakati xavfsizlik qoidalagi rioya qilish, safardan tijorat maqsadlarini ko‘zlamaslik, agar tijorat maqsadlarini ko‘zlangan bo‘lsa, maxsus ruxsatnomalarni (litsenziya) olgan holda safar haqida e’lon berish;

2) fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javobgarlikni sug‘urtalash;

3) safar boshlanishidan oldin va safar davomida hushyorlikni kamaytiruvchi vosilarni iste’mol qilmaslik;

4) Aniq rejalashtirilgan safar to‘g‘risida e’lonlar berish;

5) Safarni e’londa ko‘rsatilgan manzil, vaqt, joy bo‘yicha amalga oshirish;

6) Transport vositasiga e’londa ko‘rsatilgan yo‘lovchilar sonidan ko‘p miqdorda yo‘lovchilarni olmaslik;

7) Safar davomida belgilangan normalar bo‘yicha soz holatda bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish;

8) Yo‘lovchi tomonidan tarnsport vositasining ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma, sug‘urta polisini, litsenziya (agar haydovchi safardan tijorat maqsadlarida foylanmoqchi bo‘lsa)larni talab qilsa, ularni taqdim qilish;

9) agar safar vaqti va boshqa shartlarida o‘zgarish bo‘lsa bu haqda zudlik bilan yo‘lovchilarga xabar berish;

10) transport vositasini boshqarishga vakolatingiz bo‘lmasa, safarni amalga oshirmaslik;

11) tibbiy jihatdan safarni amalga oshirishga cheklovlar mavjud bo‘lsa, safarni amalga oshirmaslik;

12) safar davomida o‘zini munosib tutish.

6.2 Yo‘lovchilarning majburiyati

Yo‘lovchilar quyidagilarga majbur:

1) safar davomida o‘zini munosib tutib, transportni boshqaruvi davomida haydovchini chalg‘itmaslikka;

2) haydovchining transport vositasida tozalikka amal qilishga;

3) safarga chishga kechikkan taqdirda bu haqda zudlik bilan haydovchiga xabar berishga;

4) haydovchiga safar davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni to‘lab berishga;

5) 30 daqiqa oldindan haydovchi bilan kelishilgan manzilga uni kutib turishga;

6) agar haydovchi tomonidan taklif qilingan safar tijorat maqsadlarida bo‘lsa, u bilan safarni amalga oshirmaslikka yoki undan ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi litsenziyani talab qilib, ushbu lizensiya taqdim qilinganidan so‘ng safarni amalga oshirishga;

7) o‘zi bilan birga transport vositasining harakatiga hamda haydovchini chalg‘ituvchi predmetlar, mahsulotlar, moddalar, jonivorlar va qonun bilan ta’qiqlangan boshqa yuklarni olmaslikka;

7. Akkauntni bloklab qo‘yish, foydalanishni cheklash va shartnomaviy munosabatlarni tugatish.

Siz xohlagan paytda Poputi.uz bilan shartnomaviy munosabatlarni tugatishingiz mumkin. Buning uchun Siz internet platformasidagi Akkauntingiz o‘chirishingizni o‘zi kifoya qiladi.

Agar Siz mazkur ofertada ko‘rsatilgan shartlarni muntazam ravishda buzangiz, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid ravishda faoliyat yuritsangiz Poputi.uz quyidagi huquqlarni o‘zida saqlab qoladi:

1) oldindan ogohlantirish bermasdan, Siz bilan shartnomaviy munosabatlarni bekor qilish;

2) internet platformasi orqari yuborayotgan e’lonlarni, safar haqidagi buyurtmalarni, xabarlar va boshqa amallarni bajarmaslikka;

3) internet platformasidan foylanishni cheklashga;

4) vaqtinchalik yoki doimiy Akkauntingizni bloklashga.

8. Shaxsiy ma’lumotlar

Poputi.uz internet platformasidan foydalanishingiz uchun, Siz haqingizda ma’lumotlarni yig‘ishi va ularni qayta ishlashi mumkin. Siz mazkur internet platformasidan foydalanish davomida Poputi.uz.ning Siz haqingizdagi ma’lumotlarni yig‘ishi va ularni qayta ishlashiga roziligingizni bildirasiz.

9. Intelektual mulk

Poputi.uz internet platformasi yoki mazkur dasturni ishlashi uchun kirtilgan ma’lumotlar bazasi, logotiplar, dastur dizaynlari, undagi tekslarga bo‘lgan intelektual mulk huquqi «Great Gate» MChJga tegishli.

10. Poputi.uz roli

Poputi.uz platformasi onlayn internet platformasi bo‘lib, unda foydaluvchilar birgalikda safarlarni amalga oshirish yuzadan e’lonlar berishlari, o‘z navbatida boshqa foydaluvchi amalga oshirmoqchi bo‘lgan manzilga mos safarlarni qidirib topishlari mumkin.

Siz mazkur platformadan, yuqoridagi shartlarni qabul qilgan holda hamda Poputi.uz. ning Siz va boshqa foydaluvchining manfaatini ko‘zlamasligini, Safar davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarga aralashmasligini tushungan holda foydalaniz. Poputi.uz transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi yoki mazkur soha bo‘yicha shartnomalar tuzishni tashkillashtiruvchi, vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi servis hisoblanmaydi. Platformadagi e’lonlarga asosan amalga oshirilgan safar shartlari Poputi.uz ning ishtirokisiz, bevosita haydovchi va yo‘lovchi o‘rtasida kelishib olinadi.

Poputi.uz haydovchilar faoliyatini hamda internet platformasida e’lon qilingan transport vositalarini boshqarmaydi va ularga egalik qilmaydi. Bundan tashqari, Poputi.uz transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot hisoblanmaydi.

Poputi.uz, oylayn maydon hisoblanib, Siz tomondan amalga oshirilgan safar davomida yuzaga keladigan noxush holatlar uchun javobgar hisoblanmaydi, jumladan:

1) haydovchilar tomonidan safar shartlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot kiritilishi;

2) foydalanuvchilar (haydovchi va yo‘lovchi) tomonidan buyurtma bekor qilinganida;

3) yo‘lovchi tomonidan haydovchilarga safar xarajatlarini to‘lamaslik;

11. Poputi.uz da ishlash.

«Great Gate» MChJ Poputi.uz internet platformasini kun davomida ishlashini ta’minlaydi. Shunga qaramasdan texnik xizmat ko‘rsatish, dasturni yangilash maqsadida yoki tarmoqda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzulishlar sababli foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmagan holda Poputi.uz internet platformasining ishlashi vaqtinchalik to‘xtatilishi mumkin.

Bundan tashqari, Poputi.uz o‘ziga oldindan ogohdlartirmasdan internet platformasining faoliyatini vaqtinchalik yoki to‘liq to‘xtatib qo‘yish huquqini saqlab qoladi.

12. Oferta shartlariga o‘zgartirish kiritish

Poputi.uz texnologik o‘zgarishlar yoki tijorat maqsadlaridan hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarni inobatga olib yuqoridagi shartlarga bir taraflama o‘zgartirish kiritishi mumkin. Barcha o‘zgarishlar foydalanuvchilarni oldindan ogohtantirilmasdan, Poputi.uz saytida e’lon qilinadi va e’lon qilingan kundan kuchga kiradi. Shuning uchun ushbu internet platformasidan foydalanish davomida har safar ommaviy aferta shartlari bilan tanishib turishingiz tavsiya qilinadi.

13.Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal qilish

Mazkur ommaviy shartnoma bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.